Qisqa latifalar hazillar 17

Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar


— Do‘stim, men seni 30 fevralga o‘xshataman.
— Nega?
— Kalendarda umuman o‘rning yo‘q-da!


— Oylik maoshing yaxshimi?
— Maoshim yaxshi. Narx-navo yomon!


Bir ayol “Erim-vatanimdir!” deb post qo‘yibdi.
Kommentariyda “Vatan – barchamizniki!” deb yozib qo‘yilgan ekan.


— Dugonajon, nima qilyapsan?
— Mangu olov yonida turibman.
— Nima? Xotira maydonidamisan?
— Oshxonadaman!


O‘zing deputat bo‘lmaguncha, deputatlar hech qanday ish qilmaydi deb o‘ylayverasan.
Deputat bo‘lgach esa, nima ish qilayotganingni bilmaysan.


“Biz yaxshiroq yashashni boshladik!” dedi amaldorlar.
“Avval ham yomon yashamagansizlar!” dedi xalq.


Odatda qizi bor onalar:
— Qizim 17 yoshda. Birortasi qizimni boshini aylantirmasin-da…!
— Qizim 30 yoshda. Qizim birortasini boshini aylantirsa edi…!


Agar yangi bir marttalik niqob sotib olishga erinsangiz, ishonavering, eski niqobingiz uzoq vaqt xizmat qilishga mo‘ljallangan!