Qisqa latifalar hazillar 16

Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar


Xotin:
— Gaplaringiz tentakni gapiga o‘xshaydi.
Er:
— Siz tushuning deb shunaqa gapiryapman.


Metroda qari onaxonni ro‘parasida saqich chaynab o‘tirgan yigitga onaxon debdi:
“Bekorga menga shuncha gapni gapiryapsan. Qulog‘im og‘ir bolam, eshitmayman!”


Ishga kirish uchun suhbat:
— Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
— Internet ishlab tursa, har qanday sohada mutaxassisman!


Rahbarlarimizga “oylik maoshlarni oshirib bering!” degan edik. Ular “adashib” o‘zlarini oyliklarini oshirib yuborishibdi.


— Allo, bu ustaxonami?
— Ha, eshitaman!
— Printerim qog‘ozlarni g‘ijimlab tashlayapti…!
— Juda yaxshi. Uni xojatxonaga olib kirib qo‘ying.


Hind kinolarida qo‘shiq va raqs bo‘lmasa, u hujjatli kino hisoblanadi.


“O‘zini bilmagan” har bir kishini yuziga Uill Smit tarsaki tushirib chiqganida edi, atrofimizda ablahlar bo‘lmasdi…


Ikkita qarg‘a daraxtda gaplashib o‘tirishsa, osmondan samolyot uchib o‘tibdi.
Birinchi qarg‘a:
— Samolyotni qara. Juda tez uchadi, – desa, ikkinchisi:
— Seni ham dumingni yoqishsa, sen ham shunaqa tez uchasan, – debdi.