Qamoqda o‘tirgan erini ko‘rgani xotini kelibdi. Eri:

Qamoqda o‘tirgan erini ko‘rgani xotini kelibdi.

Eri:

— Nega shuncha vaqt meni ko‘rgani kelmading?

Xotini:

— Qamoqxona boshlig‘i bilan kelishdim.

Eri:

— Nimani kelishding?

Xotini:

— Agar u bilan birga bir martta tushlik qilsam, sizni qamoq muddatingizdan 6 oy ayirib tashlar ekan. Axir 25 yilga qamalgansiz-ku!

Eri:

— Xo‘sh?

Xotini:

— Nima xo‘sh!? Kettik uyga, siz ozodsiz!