Ko‘prik tagida turgan bezori yonidan o‘tib ketayotgan yigitga:
— Og‘ayni chekishdan bormi? – desa, yigit:
— Men sportchiman, besh karra O‘zbekiston chempioniman, chekmayman! – debdi.
Bezori bo‘lsa:
— Voy, uzr aka sizmidingiz! Tanimaganimni qarang, boy bo‘larkansiz! – degan ekan.