Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati

Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati yozib o‘tiribdi:

“O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim…”

Ichki ishlar xodimi erkakka:

— “Vositachilar” deb emas “vosita” deb to‘g‘ri yozing!

Erkak:

— Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.