Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar №15

Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar


— Qo‘shnilarda nima gaplar?
— Yana odatdagidek, sanksiyalar olishdi.
— Paketga solib berishdimi?


Meni xotinim ertakdagi hayotni orzu qiladi. Lekin ertakdagi hayotga bizda faqat pul to‘g‘ri keladi.
U ham bo‘lsa “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. U ham bo‘lsa pul ekan” degan jumla to‘g‘ri keladi.


— Oyliklarni oshirib bering!
— Oshdi-ku!
— Bizlarnikini degandik… O‘zingiznikini emas!


Hammada shunaqami?
Farzandim bilan dars tayyorlashni boshlasam, “O‘zi maktabda o‘qiganmanmi?” degan fikr hayolimga kelaveradi…!


Rulga o‘tirsang – piyodalar qo‘yga o‘xshaydi. Mashinadan tushib, piyoda yursang – haydovchilar molga o‘xshaydi.


It huradi, karvon o‘tadi. Qanday ajoyib logistika!


Og‘ir bemor bolalarni davolanishiga budjetdan pul ajratib, deputatlarni maoshiga esa telegramdagi sahovatli qo‘llar kanallaridan pul yig‘sakmikan-a?!


Millioner qariya betob bo‘lib qolsa, hamma qarindoshlari yig‘ilib olibdi.
— Ayting doktor, umid qilsak bo‘ladimi? – deyishsa, doktor:
— Umid qilmanglar! Bu oddiy shamollash, o‘tib ketadi, – dermish.