Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar №19

Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar


— Ada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik…
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!


— Bugun negadir kayfiyating yo‘qmi?
— Bo‘magan gap ablah!


Koronavirusning yangi Omikron shtampining asosiy belgilari: charchoq, bosh og‘rig‘i, holatsizlik, suyaklarni og‘rishi…
Xullas, har kun tongda bizda kuzatiladigan holat!


Ba’zida “Yo‘q” deyishni ham o‘rganing.
Masalan, “Bir bo‘lak tort yeysizmi?” – deb so‘rashsa, “Yo‘q! Ikki bo‘lak yeyman”, – deb javob bering.


To‘yda kelin-kuyov o‘tirsa, kelin kuyovga shivirlarmish:
— Tezroq to‘y tugasa-yu, ichkariga kiravolsak…!
Kuyov kelinga qarab:
— Sizni ham oyog‘ingizni yangi tufli siqib yubordimi-a?!


Mashina haydab ketayotgan do‘stidan og‘aynisi so‘rabdi:
— Do‘stim, nega yo‘lning o‘ng va chap taraflariga qarayapsan? Axir bu yo‘l bir tomonlama harakatlanadigan yo‘l-ku?!
— E-e, bu yerni Qashqadaryo deydi. Kerak bo‘lsa tepaga ham qarash kerak!


Ertalab soat 8:15 da uydan yugurib chiqdim. 8:00da boshlangan darsga ulgurshim kerak-ku axir!


— Haqiqiy yigitlar qanday qizlarni sevadi?
— Boshqa yigitni sevadigan qizlarni sevishadi.
— Nima uchun?
— O‘sha yigitdan qizni tortib olish “yigit kishining” ishi-da!