Dadasi meni sevasizmi?
— Pulim yo‘q.
— Men ko‘ngil uchun so‘rayabman, siz esa darrov boshqacha tushinasiz.
— Ha, sevaman, jonimdan ortiq.
— Bo‘ldi endi qizig‘i yo‘q puliz bo‘masa.
O‘g‘li onasidan so‘rabdi:
— Oyijon sizni ko‘zingiz qorong‘ida ko‘radimi?
— Yo‘q, ko‘rmaydi, nimaga so‘rayapsan?
— Kecha kechqurun dadamdan soqolingiz o‘sibdi deganizga, – debdi.
Bir talaba ketayotsa oldidan buxanka non chiqib qolsa bir tepib yuboribdi, buni ko‘rgan boshqa talaba:
— Jinnimisan, axir bu nonku, nega tepasan, undan ko‘ra menga ber buni men yeyman.
— Jinnimasman, endi sal chetroqqa olib o‘t, birga yeymiz.
Yosh yigitcha kitob do‘konida sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizlarda “Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo‘lish mumkin?”, – degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo‘shib “Jinoyat kodeksi”ni ham sotib oling.