Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar

Restoran direktori ofitsiantga dedi:
— Mijozlar bilan hech qachon tortishmang, ular hamisha haq bo‘lishadi.
— Tushunarli, ammo u mijoz sizni …tentak deb aytdi—da!
Ikkita yangi boy uchinchi yangi boyni qo‘ltig‘idan ushlab olib ketyapti. Bir yo‘lovchi ularga qarab:
— Nega buni qo‘ltig‘idan yetaklab oldinglar? Mastmikan, ko‘p ichvoribdimi, – desa.
Boylar:
— Yo‘g‘e, buni mashinasi remontda, hecham piyoda yurmagan, yurishni o‘rgatyapmiz, – dermish
Nikoh – shunday voqeaki, undan so‘ng erkak gul sotib olishni to‘xtatib, oziq-ovqat sotib olishni boshlaydi.
Afandi bir kuni oyna topib olibdi. Unda o‘zini ko‘rib:
— Iya, bu siznikimi mavlono, kechirasiz, – debdi.
Xotin darg‘azab bo‘lib eriga:
— Gapingizning mazmunidan, siz uchun birinchi o‘rinda futbol, ikkinchi o‘rinda men turar ekanman-da!
— Sen hali ulfatlarim, ma’ishat va moshinam borligini butunlay unutib qo‘yibsan…
Er xotiniga maqtandi:
— Qara, qanchalik ko‘p baliq ovladim!
— Boshimni qotirmang! Qo‘shnimiz uyga kelishdan avval baliq sotadigan do‘konga kirganingizni ko‘ribdi…
— Nimasini aytasan… Baliq ko‘pligidan yarmini do‘konga topshirishimga to‘g‘ri keldi…
Bir qulogi kar bo‘lgan, kichkintoy Lizani, oyisi erkalab Mono Liza deb chaqirar edi.