Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар, Latifalar, hajviyalar, xandalar, hazillar, prikollar va anekdotlar
Tbilisidagi suv toshqini natijasida hayvonot bog‘idan hayvonlar qochishdi. Qochgan bir echki Odessada topilgan.
Gabrovolikka bitta shisha zarur bo‘lib qoldi. U bitta shishani topdi, lekin unda ozgina yod qolgan ekan. Yodni to‘kib tashlash unga uvol ko‘rindi va u barmog‘ini shartta kesdi-da, unga bor yodni quydi va shundan keyingina shishadan foydalandi.
«Otello» spektakli tamom bo‘lgandan keyin Afandiniig xotini juda ta’sirlanib:
— Avtori sahnaga chiqsin!—deb qichqirdi. Shunda Afandi uning tirsagidan tortib:
— O‘tir joyingga, avtori o‘tgan yili o‘lgan,— dyedi.
— Azizam, bizning o‘g‘limiz judayam iste’dodli ekan! Bugun stolni ustiga pashshani rasmini chizgan edi, uni o‘ldiraman deb qo‘llarim rosa og‘rib ketdi!
— Bu hali xolva, kecha hammomda u chizgan ilonni ko‘rib, u chizgan eshikka qochganimni etmaysanmi?
Armiyada komandir askarlarga:
— Ho‘sh, hozircha mana bu yer, mana bu yer va mana bu yerdan chuqur kovlashni boshlayverasilar, men esa borib aniq qayerni kovlash kerakligini bilib kelaman.
Norboy aka o‘g‘lidan so‘radi:
— Ha, o‘g‘lim xayol surib qobsan, birortasidan ko‘nling bormi?
— Yo‘g‘e, dada.
— Uyalmay aytaver.
— Ada bittasi nima bo‘ladi.
Qiz yigitga qarab:
— Bitta topishmoq aytaman topsangiz sizga tegaman. Vaq-vaq qilib sakrab yuradi, suvni yaxshi ko‘radi.
Yigit: Sigir – topdimmi?
Qiz: Ha, to‘g‘ri topdingiz!