Ikki yangi boy suhbatlashmokda

Ikki yangi boy suhbatlashmokda. Biri ikkinchisiga debdi:

— Eshitishimcha, Italiyadan villa sotib olayotganmishsan…

— Ha, firmam tipratikanlar eksport qilib boyib ketdi, shuning hisobidan sotib olyapman!

— Qanaqa tipratikan?

— Firmamiz qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun Yevropaga tipratikan eksport qiladi. — Menga qara, og‘ayni, buncha tipratikanni qayerdan topayapsan?

— Bu juda oddiy: kalamushni olasan-da, terisini laklab, fen bilan quritasan!