Harbiy qismga yangi askarlar kelishdi

Harbiy qismga yangi askarlar kelishdi. Ularga oshpaz tayinlamoqchi bo‘lib, qism komandiri so‘radi:

— Qani askarlar kim armiyagacha u-bu pishirgan bo‘lsa bir qadam oldinga.

Bir askar katta qadam bilan oldinga chiqibdi.

— Pishirgansanmi?

— Ha, pishirganman.

— Xo‘p yaxshi nima pishirgansan?

— Asfalt.