Falsafa fanidan imtixon bo‘lyapti …

Falsafa fanidan imtixon bo‘lyapti …

Talaba: Domla keling yaxshisi men sizga bir savol beraman, topsangiz zachyotkamga bahoimni qo‘ymaysiz, topolmasangiz 5 baho qo‘yib berasiz.

O‘qituvchi: Ho‘p, eshitaylikchi…

Talaba: Nima qonuniy-yu, mantiqiy emas, nima mantiqiy-yu, qonuniy emas, nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas?

O‘qituvchi savolga javob berolmay bahosini qo‘yib berdi.

O‘qituvchi: Qani endi javobni o‘zingizdan eshitaylikchi…

Talaba: Siz xotiningiz bilan ZAGSdan o‘tgansiz — bu qonuniy, lekin siz 70 yoshdasiz, xotiningiz 20 yoshda — bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sizning xotiningizni jazmani bor — bu mantiqiy, lekin qonunga xilof ish qilyapti — bu qonuniy emas. Siz hozirgina o‘sha xotiningiz jazmaniga baho qo‘yib berdingiz — bu qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas.