Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa,

Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko‘rinibdi. Xursand bo‘lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo‘yinboq sotib turganmish:

— Ey, oshna suv ber hozir o‘lib qolaman, – desa.

Savdogar:

— Menda suv yo‘q, galstuk olmaysanmi?, – dermish.

— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.

— Menda suv yo‘q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, – deb o‘sha yerga jo‘natibdi.

Haligi odam bir soat o‘tgach, qaytib kelib:

— Ey, iflos galstuging necha pul o‘zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku…