Bir kuni jin uch kishini ushlab olibdi

Bir kuni jin uch kishini ushlab olibdi. Xitoylik, hind va o‘zbek. Uchchalasiga shart qo‘yibdi.

“Xoxlagan narsangiz bilan o‘zingizni himoya qiling. Men mushtum bilan uraman”. Birinchi bo‘lib xitoylik o‘rtaga chiqibdi.

Jin: O‘zingni nima bilan himoya qilasan?

Xitoylik: Buyuk Xitoy devori bilan.

Jin bir urishda Xitoy devorini parchalab ikkinchi urishda xitoyni urib o‘ldiribdi.

Navbat hindga kelibdi. Hind yoga usullaridan foydalanib allanima bir holatda o‘tiribdi. Jin uraveribdi, uraveribdi. Hindga xech narsa qilmabdi. Oxiri charchagan jin o‘zbekdan so‘rabdi:

— Sen nima bilan himoyalanasan?

— Hind bilan.