Afandining qo‘shnisi to‘y qildi …

Afandining qo‘shnisi to‘y qildi, to‘yga odamlarni xat orqali chaqirtirmoqchi bo‘lib, taklifnomalarni tarqatib berishni Afandidan iltimos qildi. Afandi qo‘shnisining iltimosini qaytara olmadi, shaharda takabburligi bilan tanilgan bir boynikiga ham qog‘oz olib bordi.
Boy Afandidan taklif qog‘ozi yuborilganiga g‘ashi kelib, so‘radi:

— Taklifnoma olib kelish uchun sendan ko‘ra durustroq odam topilmadimi?

— Durustroq odamlar ham bor edi-yu,— dedi Afandi,— ammo ular durustroq odamlarnikiga xat olib ketdilar.