Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan

Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o‘tib ketayotgan edi, qarshidan bir to‘da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o‘g‘ri gumon qilib, bir ochiq go‘r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o‘g‘ri deb o‘ylashdi, go‘rning tepasiga kelib:

— Sen kimsan?—deyishdi.

— Murdaman,— dedi Afandi.

— Murda bo‘lsang kechasi nima qilib yuribsan?

— Tomosha qilib yuribman.

— O‘lik ham tomosha qilib yuradimi?

— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go‘r ichiga kirib ketdi.