Afandi bemahalda uyiga mehmon boshlab …

Afandi bemahalda uyiga mehmon boshlab kelgan edi, xotini urishib berdi:

— Uyda hech narsa yo‘q-ku, mehmon boshlab kelasiz!

— Unday bo‘lsa,— dedi Afandi,— mehmon ko‘chada turibdi, chiqib Afandi yo‘q deya qol!

Afandining xotini yo‘lakka chiqib, eshik orqasidan:

— Xush kelibsiz, mehmon, uyga kiring desam, Afandi yo‘qlar, endi borlarida boshqa kelarsiz,— dedi.

Mehmon o‘shqirdi:

— Qanaqa bema’ni xotinsiz! Hozir holu jonimga qo‘ymay olib keldilar-ku. Hozir ko‘z oldimda uyga kirib ketdilar!

Afandi quloq solib tursan edi, eshikka yaqinroq borib dedi:

— Afandining eshigi bitta deb senga kim aytgan edi, narigi eshikdan chiqib ketgandir-da!