Yaponlar zamonaviy osma soat turini yaratishdi …

Yaponlar zamonaviy osma soat turini yaratishdi. Soat har safar asabiylashganda bir daqiqadan oldinga ilgarilarkan. Avval Yaponiyadagi barga ilishibdi. Roppa-rosa 24 soatdan keyin kelib qarashsa, atigi 2 daqiqa ilgarilabdi. Keyin Angliyadagi barga ilib ketishibdi. 24 soatdan keyin kelib qarashsa, soat 5 daqiqa ilgarilabdi. Rossiyadagi barga ilib ketishibdi. 24 soatdan keyin kelib qarashsa, soat joyida yo‘qmish. Barmendan so‘rashibdi:

— Biz kecha manavi yerga soat ilib ketgandik. Qani u?

Barmen javob beribdi:

— Iye, u soatmidi hali? Biz bo‘lsak, qishda ventilyatorga balo bormi deb axlatxonaga irg‘itvoribmiz.