Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi

Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi

Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:

— “Yetib keldik tushinglar” — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o‘ylab tursa…

Uchinchi mast

— “Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin” — dermish.