Shahar hokimining tomog‘iga suyak …

 

Shahar hokimining tomog‘iga suyak ... Shahar hokimining tomog‘iga suyak tiqilib, o‘ladigan bo‘lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o‘zi kelmay bir parcha qog‘ozga bir nima yozib yubordi.

Hokim qog‘ozni ochib ko‘rishi bilan bo‘yni cho‘zildi-yu, suyak — tomog‘idan o‘tib ketdi.
Odamlar hayron bo‘lib, kog‘ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi:

— «Poraga kelgan qo‘yning suyagi», deb yozgan ekan.