Qisqa latifalar №1

Qisqa latifalar №1

Bog‘chaga kelgan boladan tarbiyachisi bilimini sinab ko‘ryapti:
— Qani Akmal nimani bilasan?
— 1, 2, 3, 4, 5
— Ana ko‘rdilaringmi sanashni bilar ekan, qani davom etchi,
— 6, 7, 8, 9, 10, valet, dama, korol, tuz..


Bolacha onasini yoniga yugurib kelib:
— Oyi, oyi, karavotni tagida ajina bor ekan…
— Ha, o‘g‘lim, dadang komandirovkadan kelgunigacha o‘sha ajina biznikida yashab turadi.


Peshtokida «Ko‘ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, – debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha… Men juda kamgapman!


Bir kuni Afandi yoz oyida palto telpak kiyib pensiya olgani kelibdi. Kassir hayron:
— Nega yozda telpak, palto kiyib oldiz?
Afandi:
— Bolam yanvar oyidagi pensiyamga keldim, – dermish


Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo‘layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O‘ynash degani nosga o‘xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog‘isiz.