Qisqa kulgili hazillar №3

Qisqa kulgili hazillar №3

Shayton bolasiga uqtiribdi:
— Bolam, odamdan uzoqrok yur, chunki o‘zi gunoh qilib bizga tuhmat qiladi.


Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.


Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish.


Bir duduq do‘konga kirib AHMAD choyini olaman deb, AATKO choyini sotib olibdi.


Shifokor, huzuriga kelgan matn teruvchiga:
— “A” deng-chi…
— Katta “A” mi yoki kichik “a”?


Олтин балиқ тутиб олганимда “Ҳамиша пулга кўмилиб юрай”, деб тилак билдиргандим. Шундан бери инкассатор бўлиб ишлаяпман. Маошим озлигини айтмаса, тилагим тўла амалга ошди.


Ota-onangiz uxlashingizdan oldin sizlarga qanday ertaklarni aytib berishardi?
“Institutni tugatganingdan so‘ng rosa ko‘p pul topasan” – degan ertaklari hamon esimda…


Oyijon man mushukchamni topdim!!!
— Jinnimisan qizim, 35ga kirding, er top endi.