Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir ….

Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir ....

Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg‘otdi.

— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do‘q qila boshladi Afandi.

— Birodar, sen yaxshi kishiga o‘xshaysan, bir narsa so‘ramoqchi edim, shuni aytib bergin.

— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:

— Qani, so‘ra-chi, nima demoqchisan?

— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.

— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo‘r, zolimki…— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo‘ldi:

— Meni taniysanmi?

— Yo‘q.

— Men Podsho bo‘laman.

Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:

— Meni taniysanmi?

— Yo‘q.

— Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.