Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan…

Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan...

Podsho bir kuni iyib ketib, Afandidan so‘radi:

Afandi, bugun vaqtim chog‘, senga biror narsa sovg‘a qilgim kelyapti. Nima bersam ekan, a?
— Ximmatni o‘zlariga bersin, shohim,— dedi Afandi,—qanday narsa bersangiz ham menga shahar bergandek bo‘lasiz.

— Yaxshi,— dedi podsho,— men sanayman, sen ma’qul bo‘lganini o‘zing tanla: yuz tilla pul, to‘pichoq ot, bir suruv qo‘y, yaxshi bog‘. Qaysi biri ma’qul?

—Agar ulug‘ shohim iltifot qilsalar, yuz tillani cho‘ntagimga solib, otga minib, bir suruv bo‘rdoqi qo‘yni boqqa haydab kirib borsam. Sizning oliy ximmat Xotamtoyligingizga butun shahar qoyil qolar edi – dermish.

— Ishtahang karnayku, bordi-yu, hech narsa bermasamchi?

— Nima ham derdim,— ma’yus javob berdi Afandi, — unda o‘zingizning podsho ekanligingizni isbot qilgan bo‘lasiz.