Podsho Afandiga buyurib …

Podsho Afandiga buyurib ...

Podsho Afandiga buyurib qoldi:

— Bugun ta’bim tirriq. Endi o‘zingdan ham qiziq, kuldiradigan odam topib kel!

Afandi «xo‘p» deb chiqib ketdi. Bir ozdan keyin bir jinnini olib keldi. Jinni poyma-poy, almoyi-aljoyi gaplarni gapiraverib, podshoning battar ta’bini tirriq qildi. Uning g‘azabi qo‘zg‘ab, mulozimiga buyurdi:

— Bor, jinniga yuz tayoq ur, jinni keltirganga ikki yuz tayoq ur!

— Ana xolos,— dedi Afandi xandon tashlab kularkan,— jinnining o‘zi bitta edi, jinni keltirgan bilan ikkita bo‘ldi, mana, ur degan bilan uchta bo‘ldi.