Kulgu latifalar xazillar №7

Ho‘sh, bizning sanatoriy sizga yoqdimi?

— Ha. Sizlarda shu qadar bemaza ovqatlar tayyorlashar ekanki, naqd yetti kiloga ozdim…


Yarim kechasi bir erkak mast holda uyiga qaytayotib ko‘chadan bir mushukni ushlab qo‘yniga solib olibdi. Eshikni taqqillatsa xotini ochibdi.
Er:

— Tanishib qo‘y, bu maymun junglidan kelib qolgan.

Xotini kulib:

— Voy, qanaqasiga maymun bo‘ladi, bu oddiy mushuk-ku.

— Sen aralashma, men mushuk bilan gaplashyapman.


Mevalar suhbatlashib o‘tirishar ekan, yong‘oq maqtanibdi:

— Meni odamni miyasiga o‘xshatishadi – desa,

Olma: meni odamlarning yuziga o‘xshatishadi debdi.

Gilos: meni odamlarning qirmizi labiga o‘xshatishadi desa,

Banan: xijolat bo‘lib kelila temani o‘zgartirili – dermish.


Yangi o‘zbekning bolasi institutga kirish uchun tarixdan ijodiy imtihon topshirmoqda.
Imtihon oluvchi:

— Xo‘sh, aytingchi, rus-yapon urushi qaysi mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan?

— Variantlar bormi, domla?


Parkda yigit bilan qiz quchoqlashib o‘tiribdi.
Qiz:

— Menga shunday ishonarli chin so‘zingizni ayting yuragim hayqirib ketsin,

Yigit

— Orqamizda dadang bilan ikkta milisa turibdi!


Yigit bilan bir qiz niyat bulog‘iga boribdi. Birinchi yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi.

Keyin qiz niyat qilib tanga tashlamoqchi bo‘lgan ekan, suvga tushib ketibdi. Shunda yigit:

— Yo, qudratingdan, niyat qilsang amalga osharmisha – dermish.