Kulgu latifalar xazillar №6

Kulgu latifalar xazillar №6

— Eshitishimcha, qo‘shnilaring juda ahil, huddi qush kabutarlarday yashasharmish.
— To‘ppa-to‘g‘ri! Goh hotini oynadan otilib chiqadi, gohida eri.


Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.


Shayton bolasiga uqtiribdi:
— Bolam, odamdan uzoqrok yur, chunki o‘zi gunoh qilib bizga tuhmat qiladi.


Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish.


Oddiy askar Kayfiyev bir qadam oldinga. Kecha yana ichibsiz, agarda ichishni tashlasangiz sizga serjant unvonini beraman.
Kayfiyev javob beribdi:
— Serjant unvonini nima qilaman, ichsam o‘zimni Generaldek his qilaman-ku.


Yozning issiq, dim kunlarining birida podsho Afandi bilan boqqa chiqdi. Pashshalar bet-qo‘liga qo‘na berganidan bezor bo‘lgan podsho so‘radi:
— Nega bu pashshalar faqat menga yopishadilar, sira sizga qo‘nmaydi?
— Zehn qo‘yib qarasinlar,— javob berdi Afandi, — pashshalarning hammasi o‘z pashshangiz!