Kulgu latifalar xazillar №5

Kulgu latifalar xazillar №5

Talaba bu — aholi qatlamining qimmat telefon tutuvchi, ammo hisobida mablag‘i yo‘q kishisidir.


Afandi ko‘chadan taqa topib oldi, juda xursand bo‘lib borayotgan edi, bir oshnasi so‘radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo‘lidagi taqani ko‘rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo‘lsa, bitta ot degan so‘z. Chu!


Peshtokida «Ko‘ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, – debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha… Men juda kamgapman!


Bir kuni Afandi yoz oyida palto telpak kiyib pensiya olgani kelibdi. Kassir hayron:
— Nega yozda telpak, palto kiyib oldiz?
Afandi:
— Bolam yanvar oyidagi pensiyamga keldim, – dermish


Afandi ko‘za ko‘tarib suvga ketayotgan o‘g‘lining yuziga bir tarsaki urib: “Ko‘zani sindirma” dedi.
— Bu nimasi,— dedi xotini,— ko‘zani sindirmasdan turib nega urasiz?
Afandi javob berdi:
— Sindirgandan keyin urishning nima foydasi bor, hozir ehtiyot shart-da.


Bir kun ertalab qizcha dadasidan so‘rabdi
— Dada asalniyam oyog‘i bo‘ladimi?
— Yo‘q qizim nimaga bunaqa deyapsan?
— Kecha kechqurun oyimga “asalim oyog‘izni ko‘taring” dedizku,- debdi.