Kulgu latifalar xazillar №4

Kulgili hazillar, latifa uz, xazillar, latifalar, hazil, eng yaxshi va yangi latifalar onlayn va bepul o’qishingiz mumkin, Qiziqarli rasmlar, qo’pol hazillar, qisqa latifalar.

Kulgu latifalar xazillar №4

Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go‘zalni uchratib qoldi va do‘stiga dedi:
— Oh, shu go‘zalning oti bo‘lib qolsam ham mayli edi!
— So‘rab ko‘rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo‘lar, taklif qildi sherigi.


Azizjon minimarketda savdo qilib o‘tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? – deb so‘rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor – desa, boyagi odam:
— Shirinmi? – deb so‘rarmush.


— Boks – eng zo‘r sport turlaridan biri!
— O‘zingiz boksersiz chog‘i?
— Yo‘q, men tish doktoriman.


Itingizga qarasangiz bo‘lmaydimi, qo‘shni? Kecha shunaqangi hurdiki, qizim qo‘shiq aytish mashqini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo‘lib boshladi.


Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo‘lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo‘lgan mehmon uy egasiga debdi:

— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman?


Bir kuni ilon velociped minib ketayotgan ekan..


Poyezd. Kupeda go‘zal qiz va bir yigit o‘tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
— Kechirasiz siz ham shu poyezdda ketyapsizmi, dermish.