Kechasi Afandining uyiga qopda buyum …

Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ...

Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ko‘targan ikki o‘g‘ri kirdi.

Buni payqagan xotin Afandini asta turtib:

— Afandi, turing, uyga o‘g‘ri kirdi,— dedi. Afandi asta shivirladi:

— Jim yot, men uyg‘oqman, ovozimizni eshitib, o‘g‘rilar qopini ko‘tarib qochib qolmasin. Men qopdagi buyumni mo‘ljallab turibman.