Darsda o’qituvchi

Darsda o’qituvchi:

– Bolalar kim jannatga borishni xohlasa qo’lini ko’tarsin! – debdi. Sinfda bitta bolakaydan tashqari hamma bolalar qo’lini ko’taribdi. O’qituvchi hayron bo’lib yoniga borib:

– Bolakay, sen jannatga borishni xohlamaysanmi? – desa,

Bolakay:

– Oyim maktabdan chiqib, to’g’ri uyga kel deb tayinlaganlar! – dermish.

Darsda o'qituvchi