Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib

Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:

— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, – deb qo‘llarini ko‘kka cho‘zib yig‘lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.

Shunda haligi kishi tezda ko‘z yoshlarini artib:

— Bo‘ldi kerakmas, o‘zim topdim, – dermish.