Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi

Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:

— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi.

— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.

— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?

Afandi javob berdi:

— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.