Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon

Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo‘lib kelib, so‘zlashib o‘tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o‘ynashib, bezovta qila boshladilar.

Mehmonlardan biri hazillashib:

— Afandi, arzandalaringizga odob o‘rgatsangiz bo‘lmaydimi?, — dedi.

— Nima qilay, tog‘alarini ko‘rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.