Afandi charchab uzoq yo‘ldan kelar edi…

Afandi charchab uzoq yo‘ldan kelar edi...

Afandi charchab uzoq yo‘ldan kelar edi. Yo‘lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko‘zi tushib qoldi va undan iltimos qildi:

— To‘nimni olib ketmaysizmi?

— Mayli,— rozi bo‘ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo‘yishim kerak?

— To‘nimning o‘zi otdan tushib, uyni topib ketadi.

— Masxarabozlikni qo‘ying, Afandi, hech jahonda to‘n ham uyini topib keta oladimi?

— Axir, uning ichida o‘zim bo‘laman-da!— dedi Afandi.